London klubi oʻyinchisini qimmatga sotib yubordi
Angliya Premier-ligasida ishlari yurishmayotgan Londonning “Vest Xem” klubi jamoa yulduzi Lukas Paketani sotib yuborishga ko‘ndi. Endi tajribali yarim himoyachi faoliyatini o‘z yurtida – Braziliyaning “Flamengo” jamoasi safida davom ettiradi.
Bu haqida ESPN Brasil jurnalistlari xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, klublar muzokaralarni muvaffaqiyatli o‘tkazgan va kelishuvning moliyaviy qismini o‘zaro muvofiqlashtirib olgan.
Paketaning transferi Braziliyaning mashhur klubiga 41,2 million yevroga tushadi.
28 yoshli futbolchi “bolg‘aurarlar” safida 2022 yilning avgustidan beri o‘ynab keladi. Lukasning londonliklar bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yarmigacha amal qilishi belgilangan edi.
Angliya Premier-ligasining joriy mavsumida Paketa 18 ta o‘yinda qatnashib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar