
Lopetegi: "Real" ko‘proq gol urishi mumkin edi...
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi kecha La Liganing 4-turidan o‘rin olgan "Atletik" Bilbaoga (1:1) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Bu stadionda o‘ynash judayam qiyin. Biz bugun o‘z imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. Ikkinchi bo‘limda biz raqibga nisbatan ancha yaxshi o‘yin ko‘rsatdik va bittadan ko‘proq gol urishimiz ham mumkin edi”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.
Fikrlar