
"Los-Anjeles Gelaksi" bosh murabbiyi Ibragimovichni Messi va Ronalduga tenglashtirdi
AQShning "Los-Anjeles Gelaksi" klubi bosh murabbiyi Barros Skelotto jamoa hujumchisi Zlatan Ibragimovich xuddi Lionel Messi va Krishtianu Ronaldular bilan bir hil darajada o‘ynashini aytdi. Bu ha AS nashri xabar tarqatmoqda.
Ta’kidlash kerakki, 37 yoshli shvetsiyalik futblchi bu mavsum MLSning 26 ta o‘yinida raqiblari darvozasini 25 marta ishg‘ol etdi va rekord o‘rnatdi. E’tiborlisi, bungacha "Los-Anjeles Gelaksi"ning hech bir futbolchisi bir mavsumda bu qadar ko‘p gol urmagan edi.
“MLSda Zlatandek futbolchini topish qiyin. Unga chempion bo‘lish muhim emas. Uni Ronaldu va Messi darajasiga qo‘yamiz”, - deydi bosh murabbiy.
Fikrlar