Losano A Seriyada gol urgan ilk meksikalik bo‘ldi
"A" Seriya 2-turidan o‘rin olgan "Yuventus" va "Napoli" qarama-qarshiligida neapolliklar forvardi Irving Losano gol urdi.
24 yoshli hujumchi bellashuvning 68-daqiqasda Pyotr Zelinski tomonidan uzatilgan to‘pni raqib darvozasiga joylashtirib qo‘ydi.
Shu qatorda, u "A" Seriyada gol urgan dastlabki meksikalik bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu yozda italiyaliklar PSV klubidan Losanoni 38 mln evroga xarid qilishgan edi va 5 yil yillik bitimga imzo chekildi.
Fikrlar