Luis Dias: "Bavariya" futbolchisi bo‘lish ko‘p narsani anglatadi"

  • 30.07.2025 15:31
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Kolumbiyalik hujumchi Luis Dias Myunxenning "Bavariya" klubiga o‘tishi haqida fikr bildirdi. Nemis klubi bugun, 30 iyul kuni Diasning transferini e’lon qildi. Avvalroq, kolumbiyalik futbolchi Angliyaning "Liverpul" klubi sharafini himoya qilgan.

"Men uchun dunyodagi eng yirik klublardan biri - "Bavariya"ning bir qismi bo‘lish juda ko‘p narsani anglatadi. O‘yin uslubim va individualligim bilan yangi jamoamga yordam bermoqchiman", - deya Diasning so‘zlarini keltirdi "Bavariya" matbuot xizmati.

O‘tgan mavsumda Dias barcha musobaqalarda 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 70 mln evroni tashkil etadi.

Futbolchi yangi klubida 14-raqam ostida to‘p suradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!