Luis Dias O'zbekistonga qarshi o'yinning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi
Kolumbiya terma jamoasi qanot hujumchisi Luis Dias 2026 yildgi Jahon chempionati birinchi turidan o‘rin olgan O‘zbekistonga qarshi bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Kolumbiyaliklar mazkur uchrashuvda O‘zbekistonni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.
Hozirda "Bavariya" sharafini himoya qilayotgan Dias o‘yning 65-daqiqasida jamoasining ikkinchi golini kiritdi. Birinchi bo‘limda esa Daniel Munyosning goliga assist muallifi bo‘ldi.
Statistikaga ko‘ra, Dias uchrashuv davomida darvoza tomon ikki marta zarba berdi. Shuningdek, u raqib jarima maydonchasida olti marta to‘pga tegirib, har ikki jamoa futbolchilari orasida eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etdi.
Kolumbiyalik futbolchi 24 ta uzatmaning 19 tasini aniq bajarib, 79 foizlik samaradorlik ko‘rsatdi.
Luis Diasning faol harakatlari Kolumbiyaning mundialni g‘alaba bilan boshlashida muhim omillardan biri bo‘ldi.

Fikrlar