Luis Enrique “Barsa” futbolchisini “Real” yulduzi bilan o‘ynatmoqchi

  • 12.02.2026 08:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Yaqinda yakunlangan qishki transferlar oynasida Fransiyaning amaldagi chempioni “Pari Sen-Jermen” bosh murabbiyi Luis Enrique jamoasiga “Barselona”dan Dro Fernandezni olib kelgan edi.

Bu transfer Kataloniyada katta norozilik uygʻotdi, chunki u yerda 18 yoshli hujumkor yarim himoyachini jamoaning kelajagi sifatida koʻrishayotgan edi.

Endi esa, Luis Enrique oʻz eʼtiborini kataloniyaliklarning ashaddiy raqibi – “Real Madrid” klubidagi yulduzga qaratdi.

Defensa Central nashrining yozishicha, parijliklar bosh murabbiyi “Real”dagi braziliyalik hujumkor futbolchi Rodrigoning ashaddiy muxlisi hisoblanadi. Bu legionerning “Santyago Bernabeu”dagi kelajagi biroz noaniq boʻlib turibdi va “Lucho”ning (Luis Enriquening laqabi) fikricha, Rodrigo PSJga eng koʻp foyda keltirishi mumkin boʻlgan oʻyinchilardan biridir.

Enrique klub prezidenti Nosir Al-Xelayfi bilan braziliyalik futbolchining transferi masalasini muhokama qilgani aytilmoqda. Biroq, “Qirollik klubi” oʻzining universal hujumchisini PSJga sotishini tasavvur qilish hozircha qiyin koʻrinmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!