Luis Enrikega Angliyadan taklif bor

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ishsiz yurgan Luis Enrike Angliyada ish boshlashi mumkin. "Relevo" nashrining xabar berishicha, "Chelsi" klubi Grem Potterni o‘z lavozimidan ozod qilsa, uning o‘rniga 52 yoshli murabbiyni olib kelmoqchi.

Enrike jahon chempionatidan keyin Ispaniya terma jamoasidan bo‘shatilgan edi. Unga "aristokratlar"dan tashqari "Atletiko" qiziqayotgani haqida mish-millar mavjud.

Avvalroq, Enrike klublar boshqaruviga qaytishini istayotganini aytib o‘tgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!