
Luka Modrich: "Barselona"ga qarshi va boshqa muhim o‘yinlar oldidan haftani yaxshi boshladik
"Real" klubi yarim himoyachisi Luka Modrich EChL 6-turida "Bryugge"ga (3:1) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar berdi.
- Biz bu haftani to‘g‘ri boshladik. Bizni "Valensiya", "Barselona" va "Atletik"ga qarshi o‘yinlar kutmoqda. Ushbu o‘yinlar oldidan yaxshi natija qayd etishimiz muhim edi, - dedi Modrich.
Ma’lumot o‘rnida, "qirollik klubi" 15, 18 va 22 dekabr kunlari yuqoridagi jamoalar bilan La Liga doirasida kuch sinashadi.
Fikrlar