Luka Modrich: Beyl hozir ajoyib formada

  • 8 iyun, 2019, 09:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich Evro-2020 saralashidan o‘rin olgan Uelsga qarshi bo‘ladigan o‘yin oldadan “Real”dagi jamoadoshi Garet Beyl haqida gapirib o‘tdi.

Tecno

“Klub va terma jamoada o‘ynash - mutlaqo boshqa-boshqa narsalar. Ular o‘zaro umuman bog‘liq emas.

Men Garetning Uels terma jamoasida qanday o‘ynashini yaxshi bilaman. Biz u bilan mana 10 yildirki birga to‘p suramiz, u zo‘r futbolchi. U hozirda ajoyib sport formasida ekanligiga ishonaman.

Vengriyaga yutqazganimizdan so‘ng bizning xato qilishga haqqimiz qolmadi. Uelsga qarshi qiyin o‘yin kutayotganini his qilib turibmiz”, - deydi Modrich.

Eslatib o‘tamiz, Xorvatiya – Uels uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!