Luka Modrich derbiga oilasi va do'stlari uchun 60 ta chipta sotib oldi
"Milan" yarim himoyachisi Luka Modrich Italiya chempionatining 28-turidan o‘rin olgan "Inter"ga qarshi derbi uchrashuvi uchun oilasi va do‘stlarini taklif qildi.
Bellashuv "San-Siro" stadionida bo‘lib o‘tadi va o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00'da boshlanadi.
"Sky Sport Italia" xabariga ko‘ra, Modrich bugungi o‘yinga oilasi va yaqinlari uchun 60 ta chipta sotib olgan. Taklif etilganlar orasida Xorvatiya terma jamoasida Luka Modrich bilan birga o‘ynagan Mario Manjukich ham bor.
Ma’lumot uchun, Manjukich 2020/21 mavsumida "Milan" sharafini himoya qilgan.
Fikrlar