Lukaku – eng rasvo transfer!

  • 2 fevral, 2022, 17:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Hozirda sharhlovchilik qilayotgan venesuelalik sobiq futbolchi Alexandro Moreno joriy mavsumning eng rasvo transferi haqida fikr bildirdi.

Joriy mavsum oldidan Romelu Lukaku eng shov-shuvli transfer bo‘ldi. Belgiyalik futbolchidan “Chelsi”da ham klubga kelgunicha qilgan ishlarni amalga oshirish talab etilardi. Unga juda katta ishonch bildirildi. Eng shov-shuvli xarid qisqa muddatda eng omadsiz transferga aylandi.

“Chelsi” Romelu kelganida  “Endi o‘z to‘purarimiz bor. Kay Xaverts va Timo Vernerga suyanib qolmaymiz, hammasini o‘zimiz hal qila olamiz!”, deb jar solgan edi, - dedi Alexandro Moreno.

Yozda Italiya chempioni “Inter”dan 97,5 million funt evaziga transfer qilingan Romelu Lukaku “Chelsi” safida barcha turnirlarda 24 ta uchrashuv o‘tkazib, sakkizta gol va ikkita golli pas muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!