
Lukaku, gol urmasang ketasan!
“Chelsi” xo‘jayini Roman Abramovich 97,5 million funtga xarid qilingan Romelu Lukaku o‘ziga sarflangan katta summani oqlay olmayotganidan g‘azablanmoqda.
Ayniqsa, belgiyalik hujumchi yaqinda bosh murabbiy Tomas Tuxel taktikalari, klubda unga yaratilgan sharoitdan shikoyat qilib, intervyu berganidan keyin Roman Abramovichning munosabati salbiy tomonga o‘zgardi.
Ma’lumotlarga qaraganda, klub xo‘jayini qimmatbaho o‘yinchiga mavsum oxirigacha muhlat berdi. Lukaku bu muddat ichida ko‘proq gol urib, rahbariyat, murabbiylar shtabi, jamoadoshlari va muxlislar ishonchini qaytarishi kerak.
Agar bu talab bajarilmasa, klub Lukakuni yozda sotib yuboradi va o‘rniga boshqa hujumchi oladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Roman Abramovich o‘z klubida “Borussiya” to‘purari Erling Xolandni ko‘rmoqchi va buning uchun etarlicha xarajat qilishga rozi.
Fikrlar