Lukaku Belgiya terma jamoasidagi 3 ta sherigini "Inter"ga o‘tishga ko‘ndirmoqchi

  • 17.05.2020 16:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Inter" hujumchisi Romelu Lukaku Belgiya terma jamoasidagi 3 nafar hamyurtini “neradzurrilar” safida ko‘rmoqchi.

La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Lukaku "Tottenxem" himoyachisi Yana Vertongen, PSJ himoyachisi Toma Mene va "Napoli" hujumchisi Dris Mertens bilan gaplashib, ularni Milanga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirmoqchi. E’tiborlisi, yuqorida nomlari tilga olingan uchchala futbolchi ham erkin agentga aylanadi va "Inter"ga tekinga tushishi mumkin.

33 yoshli Mertens joriy mavsum 29 ta o‘yinda 12 ta gol hamda 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 33 yoshli Vertongen 26 ta o‘yinda o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. 28 yoshli Mene bu mavsum 27 ta o‘yinda ishtirok etdi va 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!