
Lukaku: Lautaro “Inter”dan ketib qolma, men yoningga qaytaman!
“Chelsi” hujumchisi Romelu Lukaku “Inter”dagi jamoadoshi Lautaro Martinesni sog‘inib qolayotganini yashirmayapti.
Bu ikki hujumchi ikki mavsum davomida “Inter”da juda samarali o‘yin ko‘rsatdi va milanliklarning chempionlik unvonini qo‘lga kiritishiga katta hissa qo‘shdi.
- Men Lautaro Martinesni sog‘indim, maydonda u bilan o‘ynaganda jon berishga ham tayyor edim. Lautaro kelajakda “Chelsi”ga o‘tishi mumkinmi? Yo‘q, albatta.
Lautaro sen “Inter”da qol, men yoningga qaytib boraman, - dedi Romelu Lukaku.
Avvalroq, 28 yoshli belgiyalik hujumchi “Chelsi”dao‘zini baxtiyor his qilmayotgani, bosh murabbiy Tomas Tuxel qo‘llayotgan taktika unga yoqmayotgani va “Inter”ga qaytishni istayotganini bildirgandi.
Fikrlar