Asosiy mazmunga oʻtish

Lukaku mavsumning asosiy qismini o‘tkazib yuboradi

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Hujumchi jarrohlik amaliyoti o‘tkazmaydi

"Napoli" hujumchisi Romelu Lukaku deyarli yil oxirigacha maydonga tusha olmaydi. Forvard son jarohati olgani sababli, uzoq muddatga safdan chiqdi.

"Sky Sport Italia" nashrining xabariga ko‘ra, 32 yoshli futbolchi Belgiyada mutaxassislar bilan maslahatlashdi va jarrohlik amaliyoti o‘tkazilmasligiga qaror qilindi.

Shunga qaramay, Lukaku kamida uch-to‘rt oy maydonga qayta olmaydi. Shuning uchun "Napoli" uni Chempionlar ligasi ro‘yxatiga qo‘shmaydi.

O‘tgan mavsumda Lukaku A Seriya doirasida 36 o‘yinda ishtirok etib, 14 ta gol urgan edi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u jamoada etakchi bo‘lgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q