Lukaku va Azar termani tark etdi

  • 10 oktabr, 2021, 13:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines jamoa etakchilari – hujumchi Romelu Lukaku va yarim himoyachi Eden Azar holati bo‘yicha ma’lum berdi. Bu futbolchilar milliy terma jamoa qarorgohini tark etdi.

- Lukakuning mushaklarida charchoq borligi aniqlandi. Eden Azarda ham shunga o‘xshash holat. Ular o‘yinga tayyor emas. Bu muammolar tufayli ular terma jamoa qarorgohini tark etishdi. Ularning tiklanishi qancha vaqt olishini bilmayman, - dedi Roberto Martines.

Belgiya terma jamoasi UEFA Millatlar ligasi yarim finalida Frantsiya bilan kuch sinashgan edi. Martines shogirdlari ikkita to‘p farqi bilan hisobida oldinda borganiga qaramay, bellashuvda 2:3 hisobida yutqazdi.

Keskin va murosasiz bellashuvda g‘olib chiqqan frantsuzlar musobaqa finalida Ispaniya terma jamoasi bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Asadbek Xurramov
10/10/2021 14:08
Essiz lekin uyin tarkibida bor ediku