
Lukas Torreyra yana Italiyaga qaytishi mumkin
Londonning "Arsenal" klubi Lukas Torreyra A Seriya klublarining e’tiboriga tushib qoldi. Bu haqda TMW nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 23 yoshli urugvaylik futbolchiga "Milan" va "Napoli" klublari jiddiy qiziqish bildira boshladi. Uning transferi esa 40 mln evroga baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” Torreyrani bundan bir yil muqaddam “Sampdoriya”dan 30 mln evro evaziga sotib olgan edi. U o‘tgan mavsum APLda 34ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar