
Lunin yoki Kurtua? Anchelotti fikr bildirdi
Karlo Anchelotti Chempionlar ligasi finali uchun darvozabonni qachon tanlashini aytdi.
"Aytganimizdek, bizning maqsadimiz butun jamoa eng yaxshi formada bo‘lgan holatda finalga etib borishdir.
Jarholatlardan so‘ng safga qaytgan futbolchilar - Kurtua va Militaoga o‘yinda ritm kerak. Ular ko‘proq maydonga tushishlari kerak. Finalga bir hafta qolganda, qarorlarni qabul qilamiz. Men ham xuddi siz kabi o‘ylayman. Lunin mavsumni ajoyib o‘tkazdi va Kurtua o‘z darajasida bo‘lsa, dunyodagi eng yaxshisi.
Lunin bizga ko‘p yordam berdi. Biz buni hisobga olishimiz kerak. Shuningdek, dunyoning eng yaxshi darvozaboni safga qaytgan. Men futbolchilarni yaxshiroq tushunish uchun ular bilan gaplashaman", - dedi Madrid klubi ustozi.
Fikrlar