
Lutfulla To‘raev "Neftchi" bilan shartnoma imzoladi
Saytimizni kuzatib borayotgan bo‘lsangiz, Lutfulla To‘raevning “Neftchi”ga o‘tayotgani haqida xabar bergandik.
Nihoyat, “Neftchi” klubi ushbu transferni muvaffaqiyatli hal qildi. Futbolchining Sports.uzga ma’lum qilishicha, farg‘onaliklar bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi.
To‘raev faoliyati mobaynida “Bunyodkor”dan tashqari “Mash’al”, “Nasaf”, “Lokomotiv”, “Felda Yunayted” (Malayziya), AGMK kabi klublarda to‘p surgan. U o‘tgan mavsum “qaldirg‘ochlar” safida Superliga doirasida 23 ta uchrashuvda maydonga tushib 1 ta gol urgan. “Neftchi” esa uning faoliyatida yangi sahifa ochadi.
Fikrlar