Lyakazett APL tarixiga kirdi

  • 12 sentabr, 2020, 17:17
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Bugun Angliya Premer-ligasida 1-tur o‘yinlari start oldi. Mavsumning ilk goli esa "Arsenal" hujumchisi Aleksandr Lyakazett tomonidan kiritildi. Frantsiyalik forvard "Fulxem"ga qarshi bellashuvning 9-daqiqasida raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi.

U bu ishni ikkinchi marotaba amalga oshirdi. Gap shundaki, 2017/18 yilgi mavsumda ham 29 yoshli hujumchi mavsumning dastlabki goliga mualliflik qilgan edi. Shu tariqa, Lyakazett bunday ishni amalga oshirgan dastlabki futbolchiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!