
Lyakazett Evropa ligasida hafta futbolchisi deb topildi
Londonning "Arsenal" klubi hujumchisi Aleksandr Lyakazett Evropa ligasining joriy haftadagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Frantsiyalik futbolchi muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada jamoadoshi Per-Emerik Obameyang, "Chelsi" xavbeki Ruben Loftus-Chik va "Ayntraxt" darvozaboni Kevin Trapplarni ortda qoldirdi.
Eslatib o‘tamiz, Lyakazett kecha “Valensiya”ga (3:1) qarshi bahsda raqib darvozasini ikki bor ishg‘ol etgan edi.
Fikrlar