
Lyakazettga Italiya va Frantsiya grandlari qiziqmoqda
Londonning "Arsenal" klubi hujumchisi Aleksandr Lyakazettga Evropaning 3 ta grand klubidan qiziqish bor.
Jurnalist-insayder Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, 30 yoshli frantsiyalik futbolchi uchun "Yuventus", "Inter" va "Lion" da’vogarlik qilmoqda. Aytish kerakki, Lyakazettning “kanonirlar” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi va shu sababli u yozda erkin agentga aylanadi.
Aleksandr Lyakazett bu mavsum hozircha "Arsenal" safida 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta gol hamda 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar