Lyov: Bauer Rossiya fuqaroligini qabul qilmoqchi? Bu uning ishi

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov  «Verder» klubi himoyachisi Tomas Bauerning Rossiya fuqaroligini qabul qilmoqchi ekanligi haqidagi xabarlarga o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“Bauer hozircha bizning safimizdan joy olmagan, shunday ekan bu savol o‘rinsiz va bu borada muammo yo‘q. Agar futbolchi fuqaroligini almashtirmoqchi bo‘lsa, bu uning ishi. Bizda avval ham bunday holatlar kuzatilgan. Albatta, biz yosh futbolchilarni doimo kuzatib boramiz, ammo, agar ular fuqaroligini almashtirishni xohlashsa, biz ularga bosim o‘tkazmaymiz. Qaytaraman, Bauer hozircha bizning rejalarimizga kirmaydi”, - deydi Lyov.

Ma’lumot uchun, 22 yoshli Tomas Bauer asli qo‘shni Qozog‘istonda tug‘ilgan bo‘lib, 2010 yildan buyon Germaniyada istiqomat qiladi. Futbolchi Germani U-20 terma jamoasida shu kungacha 20ta uchrashuv o‘tkazgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!