Lyov iste’foga chiqarilmaydi!

  • 18 noyabr, 2020, 22:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yoaxim Lyov boshchiligidagi Germaniya terma jamoasi murabbiylar shtabi iste’foga chiqarilmaydi. Bu haqda Bayern & Germany nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “Bundestim” kecha Ispaniya terma jamoasiga qarshi o‘yinda 0:6 hisobida mag‘lub bo‘lganiga qaramay, 60 yoshli mutaxassis o‘z ishini davom ettiradi. U bugun Germaniya futbol ittifoqi rahbari Fritts Kyoller bilan uchrashgan va rahbariyat uni o‘z lavozimida qoldirishga qaror qilgan.

Yoaxim Lyov Germaniya terma jamoasini 2006 yildan buyon boshqarib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!