
Lyubinko Drulovich Osiyo chempionatidagi raqiblarimiz, O‘runov nega chaqirilmagani va yaxshi natija bilan yurtimizga qaytishi borasida
Bugun Tailandning Songxla shahrida U-23 Osiyo chempionati 1-turidan oldingi matbuot anjumanida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ustozi Lyubinko Drulovich qatnashdi va quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
- Oldinda qiziqarli va juda qiyin tarzda kechishi kutilayotgan musobaqa turipti. Guruhimiz murakkab, teng kuchli jamoalardan tashkil topgan. Ayni paytda e’tiborimiz Eronga qarshi uchrashuvga qaratilgan. Bu jamoani mag‘lubiyatga uchratganimizdan so‘ng boshqa o‘yinlar haqida o‘ylaymiz.
Tailandda birinchi marta bo‘lib turipmiz. Bizni havotirga solayotgan jihatlar, jarohatlar va boshqa muammolar yo‘q. Barchasidan mamnunmiz.
Oston O‘runov? Tarkibga ayni paytdagi eng yaxshi futbolchilarni chaqirganmiz. Shuning uchun hozir safimizda bo‘lmagan hfutbolchi haqida gapirish to‘g‘ri emas, deb o‘ylayman. Shuning uchun bizga ishoninglar va chiroyli g‘alabalar bilan O‘zbekistonga qaytamiz, - dedi murabbiy.
Fikrlar