Ma’mur Ikromov matbuot anjumanida nimalar dedi?

  • 4 aprel, 2020, 05:54
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Tojikiston Superkubogi o‘tkaziladi. Unda mamlakatning ikki etakchi klublari – “Istiqlol” hamda “Xo‘jand” g‘oliblik uchun maydonga tushishadi. Ammo shuni ham aytib o‘tish kerakki, bugungi uchrashuv muxlislarsiz o‘tkaziladi. Ma’lumki, “Xo‘jand” tarkibida to‘rt nafar hamyurtimiz – Ma’mur Ikromov, Sanjar Rixsiboev, Siroj Hamroev hamda Andrey Sidorov to‘p surishmoqda.

Tecno

Uchrashuvdan oldingi matbuot anjumanida esa “Xo‘jand” bosh murabbiyi Nikola Lazarevich bilan birga jamoaning asosiy darvozaboni Ma’mur Ikromov ham ishtirok etdi. Tabiiyki, jurnalistlar unga ham savollar bilan murojaat etishdi. Dastlab “Istiqlol” bilan o‘tadigan o‘yindan nimani kutyapsiz, deb so‘rashganida hamyurtimiz shunday javob qaytardi:

- Bizni “Istiqlol”ga qarshi qiziqarli o‘yin kutib turibdi. Maqsadimiz esa Tojikiston Superkubogini yutish. Shaxsan o‘zimning maqsadim esa Superkubokni qo‘lga kiritgan holda “Xo‘jand” klubining tarixiga kirishni istayman. Chunki “Xo‘jand” jamoasi o‘z tarixida hali Superkubokni yutmagan ekan.

Ikromovga berilgan ikkinchi savol esa O‘zbekistondagi koronavirus bilan bog‘liq bo‘ldi. Bu vaziyatda esa Ma’mur Ikromovning javobi shunday bo‘ldi:

- Albatta, yurtimizdagi koronavirus tufayli oilam, bola-chaqam, ota-onam, qarindoshlarim, umuman butun O‘zbekiston uchun qayg‘uryapman. Xudodan tezroq koronavirus bartaraf etilishini so‘rayapman. Tojikistonda esa koronavirus yo‘q. Shuning uchun ham bu erda futbol o‘ynash mumkin. Shuni ham aytishim joizki, tojikistonliklarning qo‘llab-quvvatlashini his qilyapman. Futbol mening hayotim. Shunday ekan, “Istiqlol”ga qarshi kechadigan muhim bellashuvda 100 foiz jamoam uchun borimni berishga harakat qilaman. To‘g‘ri, muxlislarsiz o‘ynash qiyin. Ammo hozirgi vaziyatda buni to‘g‘ri tushunish mumkin. Shuningdek, ishqibozlarsiz qandaydir xissiyotlar etishmaydi. Shunga qaramay, biz muxlislarimizni xursand etish uchun o‘ynaymiz. Ular esa bizni televizor orqali bo‘lsa ham qo‘llab turishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!