
Madagaskarda stadiondagi tartibsizlik oqibatida 1ta muxlis halok bo‘ldi, 40dan ortig‘i jarohatlandi
Antananarivu shahrida Afrika millatlar kubogi saralashi doirasida bo‘lib o‘tgan Madagaskar hamda Senegal (2:2) terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda stadionda tartibsizlik kelib chiqdi. Oqibatda minglab olomon oyoq ostida qolgan 1ta muxlis halok bo‘ldi, 40dan ortig‘i esa tan jarohati oldi.
Ma’lumotlarga qaraganda 22 ming tomoshabinga mo‘ljallangan stadion o‘yin boshlanmasidan oldin liq to‘lgan. Ishqibozlar xatto o‘yingohning zinalariga ham o‘tirib olishgan. Politsiya tarqatgan xabarga ko‘ra sektorlar to‘lgach stadion darvozalari yopilgan, biroq muxlislar ichkariga kirishga harakat qilishgan. Buning oqibatida katta tartibsizlik kelib chiqqan.
Fikrlar