"Madrid derbisi" Mendi uchun "Real" safidagi 200-uchrashuv bo‘ldi

  • 13.03.2025 10:26
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Ferlan Mendi "Real" safida 200-uchrashuvini o‘tkazdi.

Ferlan "qirollik klubi" safida "Atletiko"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 finalining javob uchrashuvida maydonga tushdi. Bu uning "qaymoqranglilar" safidagi 200-o‘yini bo‘ldi. 29 yoshli futbolchi Karim Benzema (648), Rafael Varan (360) va Zinedin Zidan (227) dan keyin tarixda bu ko‘rsatkichga erishgan to‘rtinchi frantsuz bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Mendi "Real"ga 2019 yilning yozida "Lion"dan kelib qo‘shilgan edi. Uning hozirgi narxi 48 million evroni tashkil qildi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!