Madrid derbisida ilk bor madridlik hakam VARda ishlaydi

  • 25 sentabr, 22:19
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Ispaniya La Ligasining 7-turi doirasida Madrid derbisi bo‘lib o‘tadi ("Atletiko" – "Real Madrid"). 

Tecno

"As" nashri tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, Ispaniya texnik hakamlar qo‘mitasi (CTA) mazkur uchrashuvga Karlos del Serro Grandeni VAR hakami etib tayinlaydi. Qo‘mita birinchi marta o‘zining hududiy qoidalarini e’tiborga olmayapti - mazkur hakam Madrid avtonom hamjamiyatiga mansub Alkala-de-Enares shahrida tug‘ilgan edi. Shu bois, tarixda ilk bora madridlik hakam Madrid derbisida VAR tizimida ishlaydi.

Unga Valentin Pisarro Gomes yordam beradi. Uchrashuvning bosh hakami sifatida esa Xaver Alberola Roxas ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, bo‘lajak super uchrashuv 27 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 19:15’da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!