
Madrid derbisida "Real" qiyinchilik bilan g‘alabaga erishdi
La Liga 13-turidan o‘rin olgan "Real" - "Rayo Valekano" o‘yini nihoyasiga etdi. Mazkur uchrashuvda maydon egalari raqibdan 2:1 hisobida ustun keldi.
14-daqiqada Toni Kross hisobni ochdi. 38-daqiqada Benzema farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. 77-daqiqada Falkao hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.
Ushbu natijadan so‘ng "qirollik klub" ochkolari sonini 27 taga etakzib olib, La Liga turnir jadvalida peshqadam bo‘lib oldi. "Rayo Valekano"da hozircha 20 ochko bor va ular 6-o‘rinda joylashgan.
Fikrlar