Madrid superklubi to‘purariga Amerikadan dahshatli taklif tushdi

  • 04.03.2026 22:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya futbolida katta shov-shuv: “Atletiko Madrid” klubi jamoa to‘purari va sodiq futbolchisi Antuan Grizmannni sotib yuborishga tayyor.

Grizmann va uning jamoasi Ispaniya kubogi yarim finalida “Barselona”ni ikki uchrashuv yakuniga ko‘ra, umumiy 4:3 hisobida mag‘lub etib, finalga yo‘llanma oldi.

O‘yindan so‘ng Grizmann o‘zining Instagram sahifasida raqiblarini biroz “mot qilib  qo‘ydi”. U o‘tgan yili “Barselona” futbolchilari uni ustidan kulgan rasmga javoban, xuddi o‘sha so‘zlar bilan qasos oldi.

Lekin asosiy gap bu emas. Grizmanni AQShning “Orlando” klubi o‘z safiga chorlamoqda. Amerika klubi shunday katta pul taklif qilganki, hattoki bu summa “Atletiko”ni ham hayron qoldirib, qarorini o‘zgartirishiga turtki bo‘ldi.

Ilgari klub Grizmanni “sotilmaydi” deb turgandi, lekin  taklifdan keyin vaziyat boshqacha.  Chunki amerikaliklar berayotgan summa klub uchun juda manfaatli.

Klub rahbariyati Grizmanni endi "almashirib bo‘lmas kuch" deb hisoblamayapti.

Murabbiy Diego Simeone Grizmanni yaxshi ko‘rishini aytsa-da, uning ketishiga qarshi emasligini, futbolchi o‘z baxtini izlashi kerakligini sha’ma qildi.

“Orlando” klubi mart oyi tugaguncha javob kutmoqda. Ular: “ Grizmann va “Atletiko” tezroq qaror qabul qilmasa, boshqa yulduzni sotib olamiz”, deb shart qo‘ygan.

Demak, yaqin kunlarda Grizmanni okean ortida — Amerika chempionatida ko‘rib qolsak ajab emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!