Madridliklar “Barsa”ga kelishuv taklif qilyapti
Madridning “Atletiko” klubi “Barselona” bilan o‘yinchi almashtirish bo‘yicha kelishuvga erishmoqchi.
Diego Simeone jamoasiga tegishli hujumkor futbolchi Joau Feliks ayni paytda ijara asosida kataloniyaliklar sharafini himoya qilmoqda. “Matraschilar” kelasi mavsum ham bu o‘yinchiga ehtiyoj yo‘qligini ta’kidlamoqda.
Poytaxt klubi “Barselona” rahbariyatiga portugaliyalik charm to‘p ustasini o‘zida olib qolib, o‘rniga boshqa hujumkor futbolchi Ferran Torresni berishni so‘rayapti.
Ferran Torres “Valensiya” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2020 yilning yozida “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tgandi. Ikki yildan keyin “shaharliklar”ni 55 million evro evaziga “Barselona”ga jo‘natdi.

Fikrlar