Madridliklar hujumchi tanlashni biladi

  • 19.09.2022 14:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford kelasi yozda Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Manbalarning ta’kidlashicha, angliyalik hujumchiga “Atletiko” jiddiy qiziqish bildirmoqda. 24 yoshli to‘purarning manchesterliklar bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Markus hali yangi bitim borasida qaror qabul qilgani yo‘q.

“Atletiko” yanvar oyida muzokara boshlab, Markusni Madridga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirmoqchi.

“Atletiko” mutasaddilari yozda erkin agentga aylanadigan bir necha yulduzlarni nishonga olgan. Ularning ro‘yxatida “Lester” himoyachisi Chag‘lar Seyunji va “Liverpul” hujumchisi Roberto Firmino ham bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!