Madridliklar ustozi “Barsa”dan uchralgan alamli mag‘lubiyat aybdori kimligini aytdi

  • 17 mart, 10:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chemeionati 28-turining markaziy uchrashuvida chempionlik uchun kurashayotgan ikki jamoa – “Atletiko” va “Barselona” o‘zaro to‘qnash keldi.

Tecno

Madridliklar o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida 72-daqiqagacha 2:0 hisobida oldinda bordi. Biroq kataloniyaliklar o‘yin yakunlangunicha “Atletiko” darvozasini to‘rt bor ishg‘ol qilib, g‘alabani ilib ketdi va musobaqa jadvalida yana birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

“Atletiko” bosh murabbiyi Diego Simeoni mag‘lubiyatda eng avvalo, o‘zi aybdor ekanini tan oldi.

- Hammasi biz uchun juda yaxshi davom etayotgan edi. Lekin men Xose Mariya Ximenesni maydonga tushirishga kech qoldim. Men uni ikkinchi golni urishimiz bilan maydonga chiqarishim kerak edi.

Futbol xatolarni kechirmaydi, men o‘z ishimga tanqidiy yondoshishim kerak.

Balki, Ximenes o‘yinga ertaroq qo‘shilganida “Barselona” oltita gol urishi ham mumkin edi. Lekin o‘sha vaziyat biz o‘yinchi alishtirishni ertaroq boshlashimiz kerak edi. Men bu ishni o‘z vaqtida qila olmadi. Ximenes o‘yinga qo‘yilganida hisob tenglashib bo‘lgandi, - dedi Diego Simeone.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!