Madridliklar yulduzi nihoyat o‘ziga yangi jamoa topdi
Anchadan beri Ispaniya chempionatidan ketishi muhokama qilinayotgan Madriddning “Atletiko”jamoasi hujumchisi Antuan Grizmann faoliyatini AQShda davom ettiradigan bo‘ldi.
ESPN ma’lumotiga ko‘ra, fransiyalik to‘purar “Orlando Siti” bilan shartnoma imzolashga yaqin. Bitim ikki yilga mo‘ljallangan bo‘lib, yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham mavjud.
Qayd etilishicha, Grizmann madriddliklarning “Real” qarshi Madrid derbisidagi 2:3 hisobidagi mag‘lubiyatidan so‘ng, klubni tark etib, yangi jamoasi bilan bitimni rasmiylashtirish uchun Orlando shahriga uchib ketgan.
U iyul oyida MLS klubiga qo‘shilishi kutilmoqda.
Shu vaqtgacha 33 yoshli futbolchi madriddliklar safida qolib, mavsumni yakuniga yetkazadi. Grizmann UEFA Chempionlar Ligasi chorak finalida “Barselona”ga va Ispaniya kubogi finalida “Real Sosyedad”ga qarshi o‘yinlarda ishtirok etadi.
Grizmann “Atletiko Madrid” tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. U faoliyati davomida 210 ta to‘p kiritgan. Biroq bosh murabbiy Diego Simeone qo‘l ostida jamoa bilan katta sovrin yuta olmagan. 2024 yilda u Fransiya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlagan. Grizmann 2018 yili jahon chempioni bo‘lgan.
Manba yozishicha, Diego Simeone futbolchining boshqa klubga o‘tish qarorini qo‘llab-quvvatlamoqda. MLSda yozgi transfer oynasi 13 iyul kuni ochiladi.
Fikrlar