Madrimov Turki Ol Ash-Shayxga murojaat qilib, Krouford bilan jangni ko‘rsatdi

  • 22.09.2026 06:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Birinchi o‘rta vazn toifasida jahon chempioni bo‘lgan WBA kamarining sobiq egasi, o‘zbekistlonlik bokschi Isroil Madrimov amerikalik super yulduz Terens Krouford bilan bo‘lgan jangidan eng yorqin lavhalarni namoyish etdi.

Madrimov o‘zining Instagram sahifasida Kroufordga qarshi jangidan tayyorlangan haylayt-videoni joylashtirdi.

«Qani ketdik, oldimda hali juda ko‘p ishlar bor, inshaalloh», — deb yozdi o‘zbekistlonlik bokschi. U ushbu postda Saudiya Arabistoni Bosh ko‘ngilochar tadbirlar boshqarmasi rahbari Turki Ol Ash-Shayxni ham belgilab o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, Madrimov va Krouford 2024 yil 3 avgust kuni AQShning Los-Anjeles shahrida ringga ko‘tarilishgan edi. Jangda o‘zbekistlonlik bokschiga tegishli birinchi o‘rta vazn bo‘yicha WBA chempioni kamari, shuningdek, WBOning vaqtinchalik chempioni unvoni ham qo‘yilgandi. Haqiqiy to‘qnashuvga aylangan ushbu bahsda amerikalik bokschi hakamlar yakdil qarori bilan g‘alaba qozondi va Madrimovning professional ringdagi ilk mag‘lubiyatiga sabab bo‘ldi.

Terens Krouford 2025 yil 17 dekabr kuni, 38 yoshida, professional faoliyatini rasmn yakunlaganini e’lon qildi. U ringni biror marta mag‘lubiyatga uchramagan holda, vazn toifasidan qat’i nazar eng kuchli bokschilar baholanuvchi pound-for-pound reytingi yetakchisi sifatida tark etdi.

Kroufordning oxirgi jangi shu yilning 13 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan edi. Unda amerikalik bokschi hakamlar yakdil qarori bilan meksikalik super yulduz Saul «Kanelo» Alvaresni mag‘lub etdi. Bu g‘alaba unga ikkinchi o‘rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni unvonini olib keldi. Shu tariqa Krouford boks tarixida ilk marta uchta turli vazn toifasida to‘rtta asosiy tashkilot — WBA, WBC, IBF va WBO kamarlarini to‘liq jamlagan yagona erkak bokschiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!