Madueke "Arsenal"ga o‘tganidan keyin ilk fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

  • 18 iyul, 22:14
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, "Arsenal" rasman "Chelsi" yarim himoyachisi Noni Madueke bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. 23 yoshli vinger yangi jamoasi haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Bu allaqachon aniq bir uslub va shaxsiyatiga ega kuchli jamoa. Men o‘z uslubimni qo‘shish va jamoaga keyingi qadamni qo‘yishda yordam berishni sabrsizlik bilan kutyapman", — dedi Madueke klub saytiga bergan intervyusida.

Yangi mavsumdagi maqsadlari haqida:

"Biz ishtirok etadigan barcha musobaqalarda g‘olib chiqishni xohlayman. Menimcha, biz buni uddalashga qodirmiz. Shuningdek, jamoaga har tomonlama yordam berish va shaxs sifatida rivojlanishni istayman", — deydi u.

Unga ko‘ra, transferdan oldin u bir necha futbolchilar — Deklan Rays, Maylz Lyuis-Skelli, Bukayo Saka va Yurrien Timber bilan gaplashgan va ular klub haqida faqat yaxshi fikrlar bildirishgan.

"Bu erda juda iliq va oilaviy muhit bor. Men "Arsenal" oilasining bir qismi bo‘lganimdan juda xursandman", — dedi Madueke.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!