Asosiy mazmunga oʻtish

Mag‘lub jamoa murabbiy shogirdlarini maqtadi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Ular bir kishi ko‘p o‘ynab yutqazdi

«Shaxtyor» bosh murabbiyi Arda Turan Chempionlar ligasida «Inter»ga qarshi uchrashuvdan keyin oʻz fikrlarini bildirdi. «Konchilar» maydonni 0:1 hisobida magʻlubiyat bilan tark etdi, eng qiziq, gol raqib bir kishi kam boʻlgan paytda oʻtkazib yuborildi.

«Ayrim jihatlarda «Inter» bizdan ustun oʻynadi. «Inter» jamoasini va Kristian Kivuni tabriklayman. Katta stadionlarda kuchli raqiblarga qarshi oʻyinlarda yanada oʻsishimiz kerak. 

Aslida ochko olishga arziguLik oʻynadik, shu bois biroz ranjish bor. Ōyinimizdan faxrlanamiz, lekin natijadan qoniqish mumkin emas. Kōrsatgan oʻyinimiz darajasini inobatga olsak, hisob bundan yaxshiroq boʻlishi kerak edi. 

Ayrim futbolchilarimiz oʻz kumirlariga qarshi maydonga tushdi. Bu tajriba ularga oʻrganish va rivojlanishda juda katta yordam beradi», – deya Arda Turanning soʻzlarini UEFA rasmiy sayti keltiradi.

Chempionlar ligasining navbatdagi turida «Shaxtyor» futbolchilari «Sporting»ga qarshi bahs olib boradi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q