Asosiy mazmunga oʻtish

Mag‘lubiyatsiz seriya: "Arsenal"ni engib bo‘lmayapti

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Arteta yaxshi jamoa tuzib oldi

«Arsenal» London klubi Chempionlar ligasining umumiy bosqichida ketma-ket 15 oʻyindan beri magʻlubiyatga uchragani yoʻq.

21 oktyabr kuni ingliz jamoasi uchinchi tur doirasida myunxenlik «Bavariya» bilan maydonga tushdi va bellashuv 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi. Joriy mavsumda «Arsenal» bugunga qadar «Napoli»ni 1:0, «Lill»ni esa 3:0 hisobida magʻlub etgan.

Oʻtgan mavsumda londonliklar umumiy bosqichda sakkizta oʻyinda gʻalaba qozongan boʻlsa, undan oldingi mavsumda ushbu bosqichning yakuniy qismida toʻrtta oʻyinni yutishga muvaffaq boʻlgan edi.

Uchinchi turdan soʻng «Arsenal» jami yetti ochko toʻpladi va umumiy jadvalda yettinchi pogʻonada bormoqda. Keyingi uchrashuvda, 4 noyabr kuni, Mikel Arteta boshqaruvidagi jamoa safarda Praganing  «Slaviya» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q