
Samvel Babayan "Paxtakor" bilan o‘yindan so‘ng: "Durang bo‘lganida adolatdan bo‘lar edi"
O‘zbekiston Superligasining 3-turi doirasidan o‘rin egallagan "Paxtakor" va "Navbahor" o‘rtasidagi bahs yakuniga etdi. Uchrashuvdan so‘ng "lochinlar" ustozi Samvel Babayan savollarga javob berib o‘tdi.
"Barchaga xayrli kech. Bugun chempionatning eng yorqin va eng muhim o‘yini bo‘lib o‘tdi. Agar durang bo‘lganida adolatdan bo‘lar edi. Bahsning birinchi daqiqasida gol o‘tkazib yubordik, ammo yigitlar qayta oldi. Keyin xato qilib, yana gol o‘tkazdik, ammo yana qaytdik. Bir kishi kam bo‘lib penalti ishladik, uni golga aylantira olmadik. Bugun yigitlarimga achindim. Muxlislarimiz mag‘lubiyatga loyiq emas edi. Ular bugun bizni o‘z uyimizda o‘ynagandek his qilishimizga yordam berdi. Hali hammasi oldinda. Biz endi qo‘shyapmiz. Mexanizmimizni yanada kuchaytiramiz. Bizda boshqa variant yo‘q. Oldimziga katta maqsadlar qo‘yganmiz.
Oston O‘runov nega zaxiraga olindi?
Oston yaxshi o‘yin ko‘rsatdi, ammo ruhan charchab qoldi. Biz engilayotgan paytimizda uni maydondan olib, yangi kuchni jangga tashladik. Shu bois, yangi kuchlarni jangga tashlashga qaror qildik. Bu normal holat.
Farruh Ikromovning darajaasi qanday?
Uning imkoniyatlariga shubham yo‘q. Biz uni kechroq maydonga tushirganimiz hech narsani anglatmaydi. Farruh endigina jarohatidan forig‘ bo‘ldi. U hali to‘liq sport formasini tiklay olgani yo‘q.
Bugun "Navbahor" biroz maydonda cho‘chib harakat qilgandek tuyuldi. Bu nima bilan bog‘liq?
Birinchi navbatda, markaziy o‘yinning ilk daqiqasidayoq qo‘pol xatodan gol o‘tkazib yubordik. Raqib maydonida bunday startdan so‘ng o‘yinga qaytish oson emas. Yigitlar bu ishni uddalashdi. Bir kishi kam bo‘lib ham penalti ishladik, ammo buni golga aylantirishning imkoni bo‘lmadi.
Bizga ayrim vaziyatlarda yig‘iqlik etishmadi. Hozir imkoniyatlarimizni 70 foizini ham amalga oshira olmadik. Bu borada ishlaymiz.
Davron Hoshimov juda qo‘pol xato qildi. U emotsiyalarini jilovlab olishi kerak edi. Qiziqqon yurak va sovuq miya bilan harakatlanish lozim. Hoshimovga nisbatan raqib provakatsiya qildi. Yakunda u o‘z maqsadiga etdi ham. Shunga qaramay, u qilgan ishini oqlay olmayman", - dedi mutaxassis.
Fikrlar