Mag‘lubiyatsiz odimlayotgan o‘zbek bokschisi uchun yana bir sinov!

  • 12.07.2024 16:37
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

17 avgust kuni Janubiy Koreyada yana bir professional boks oqshomi tashkil etiladi.  Mazkur kechada o‘zbekistonlik bokschilarning ham jang qilishi kutilmoqda. FW1 promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan jang oqshomida  hozirga kelib, hamyurtimiz Doniyor Xayitalievning jang qilishi ma’lum bo‘lgan.

U mezbonlar vakili Jo Yung Kimga qarshi ringga ko‘tariladi. Shuningdek, yana bir qator vakillarimiz ham jang qilishi mumkin. Bu borada ham tez orada ma’lumot beramiz. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!
Ma’lumot uchun, yurtdoshimizning rekordi 6-0,4 KO bo‘lsa, janubiy koreyalik bokschining rekordi 21-2-3, 9KO ko‘rinish olgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!