Magomed Ankalaev: "Pereyrani bir zarba bilan uxlatib qo‘yaman"

  • 5 noyabr, 2024, 16:52
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
TIGGO 2 PRO

Yarim og‘ir vaznda (93 kg) UFC reytingida birinchi raqamli rossiyalik jangchi Magomed Ankalaev (19-1-1-1 N/C) amaldagi chempion braziliyalik Aleks Pereyra (12-2) bilan ehtimoliy jang haqida gapirdi.

“Barcha do‘stlarimga va’da beraman, men Pereyrani bir zarba bilan uxlatib qo‘yaman", — deb yozdi Ankalaev X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida.

Eslatib o‘tamiz, "UFC 308" turnirida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida Magomed avstriyalik Aleksandr Rakichni hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra mag‘lub etdi. Pereyra esa "UFC 307" da amerikalik Xalil Rountrini 4-raundda texnik nokautga uchratdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!