
Maguayr Angliya terma jamoasi qarorgohini tark etdi
Xarri Maguayr Angliya terma jamoasi qarorgohini jarohat tufayli tark etdi.
Bu haqda Angliya futbol assotsiatsiyasi ma’lum qildi.
Xarri Braziliyaga qarshi bellashuvning 67-daqiqasida zaxiraga olingandi. Insayder Fabritsio Romano bergan xabarga ko‘ra, futbolchi qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tadi. Uning safga qaytishi uchun ko‘p vaqt kerak bo‘lmasligi tahmin qilinmoqda.
Shuningdek, termani darvozabon Sem Jonston ham tark etdi. Belgiyaga qarshi bahs uchun Riko Lyuis hamda Jeyms Trafford taklif qilingan.
Fikrlar