Mahmud G‘oipovning professional ringdagi navbatdagi raqibi ma’lum (Foto)

  • 15.03.2019 14:18
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Professional boksga o‘tgan hamyurtimiz Mahmud G‘oipov uchinchi jangini o‘tkazish arafasida. Bu haqda bokschi ijtimoiy tarmoqdagi o‘zining sahifasida ma’lum qildi.

Mahmud G‘oipov 23 mart kuni rossiyalik Zurab Chanievga qarshi ringga ko‘tariladi. Jang Ekaterinburgdagi "RCC Boxing Academy" arenasida o‘tkaziladi.

photo_2019-03-15_13-51-59

Ma’lumot o‘rnida, Mahmud G‘oipov shu paytga qadar 2 marta jang o‘tkazgan va har ikkisida ham g‘alaba qozongan. Bittasida esa raqibini nokautga uchratgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!