Mahmud Muradovning navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum
Avvalroq, UFCdagi o‘zbek Mahmud Muradovning 3 sentyabr kuni o‘tkazilishi kerak bo‘lgan jangi bekor bo‘lganligi haqida xabar bergandik.
Muradov 21 oktyabr kuni Abu-Dabi mezbonlik qiladigan UFC280 turnirida oktagonga ko‘tariladi. Unga ushbu oqshomda braziliyalik Kayo Borallo raqiblik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur turnirning markaziy jangida Oliveyra va Maxachev chempionlik kamari uchun to‘qnash keladi.

Fikrlar