
Mahmudxojiev faoliyatini pro ligada davom ettiradi
Iste’dodli futbolchilardan biri Shoxruh Mahmudxojiev boshlanayotgan yangi mavsumni pro ligada o‘tkazadigan bo‘ldi.
Gap shundaki, o‘tgan yili birinchi ligada qatnashib, bu yil pro liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan “Navbahor-Farm” jamoasi Mahmudxojievni o‘z safiga qo‘shib oldi.
Futbolchi bilan 2 yillik shartnoma imzolandi. Bungacha Mahmudxojiev “Andijon” jamoasi bilan qishki yig‘inda ishtirok etgandi. Qolaversa, Shoxruh ilgari “Navbahor” tarkibida to‘p surganini muxlislar yaxshi eslaydilar. Shuningdek, u “Paxtakor”, “Xo‘jand” va “Dinamo” jamoalarida ham o‘ynagan.
Fikrlar