
Mahrez yozda “Barselona”ga o‘tadi-mi?!
Angliyaning amaldagi chempioni hisoblangan “Lester” klubi etakchisi Riyod Mahrez mavsum yakunlangach jamoani tark etib, Ispaniya La Ligasiga yo‘l olishi mumkin.
Sport.es nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Kataloniyaning “Barselona” klubi jazoirlik futbolchini o‘z safida ko‘rishni istamoqda. Mahrezning transferi “ko‘k-anor ranglilar”ga tahminan 35-40 million evrga tushishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Riyod Mahrez joriy mavsum Angliya premer-ligasida 26ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 5ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar