Mak Allister: «Messi 39 yoshida ham maydonda farqni yaratadi»
Argentina milliy jamoasi yarimhimoyachisi Aleksis Mak Allister terma jamoada 39 yoshli hujumchi Lionel Messining o‘rni va ahamiyati haqida fikr bildirdi.
«Messi bu yoshida ham maydonda farqni yaratа oladi. Bu jamoa uchun juda muhim. U maydonda biz bilan birga bo‘lsa, bu biz uchun katta ahamiyatga ega. Leoning terma jamoada imkon boricha uzoqroq qolishini istaymiz», – deya Mak Allisterning so‘zlarini DSSports keltiradi.
Jahon chempionatida Messi yetti o‘yinda maydonga tushib, sakkizta gol urdi va to‘rtta golli uzatma berdi.
Jahon chempionati finalida Argentina Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 19 iyul kuni soat 23:59 da Toshkent vaqti bilan boshlanadi.

Fikrlar