Makelele «Real»ga qaysi futbolchini olish kerakligini aytdi
Madridning «Real» klubi sobiq yarim himoyachisi Klod Makelele jamoaga qaysi futbolchini olib kelish maqsadga muvofiqligi haqida fikr bildirdi.
«Yaqinda men Florentino Peres bilan suhbatlashdim. Gap orasida unga shunday dedim: agar u barcha mablag‘ni bitta futbolchiga sarflashiga to‘g‘ri kelsa, bu o‘yinchi Maykl Olise bo‘lishi kerak. Olise maydondagi o‘yini bilan bizga bolaligimizni, futbolga mahliyo bo‘lgan davrlarimizni eslatadi», — deya Makelelening so‘zlarini keltiradi Madrid Zone nashri.
Ma’lumki, «Real» anchadan buyon 24 yoshli fransuz futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirib kelmoqda. Biroq Myunxenning «Bavariya» klubi o‘z yulduzini qo‘yib yuborish niyatida emas.
O‘tgan mavsumda Olise barcha musobaqalar doirasida 52 ta o‘yin o‘tkazib, raqib darvozalarini 22 marta ishg‘ol etdi va 31 bor golli pas bilan sheriklariga yordam berdi.

Fikrlar